Maxfiylik siyosati
Luxuy tozalash va yuvish xizmatlariga buyurtma berish ilovasidir. Ushbu hujjat ilovadan foydalanganingizda qaysi ma’lumotlarni yig‘ishimiz, ularni nima uchun ishlatishimiz va sizning huquqlaringiz haqida.
Qisqacha
- Telefon raqam, ism, familiya, manzilKirish va buyurtmani bajarish uchun. Boshqa hech narsa so‘ralmaydi.
- Reklama, analitika va kuzatuv SDK’lari yo‘qIlova joylashuv, kontaktlar, kamera yoki mikrofonga ruxsat so‘ramaydi.
- Ma’lumot sotilmaydiFaqat SMS va to‘lov provayderlariga xizmatni bajarish uchun beriladi.
- Akkauntni ilovada o‘chirish mumkinProfil → «Akkauntni o‘chirish». Ma’lumotlar 30 kun ichida o‘chiriladi.
- 1. Operator
- 2. Qaysi ma’lumotlar yig‘iladi
- 3. Nima uchun ishlatiladi
- 4. Qurilmada saqlanadigan ma’lumotlar
- 5. Uchinchi tomonlar
- 6. Saqlash muddati
- 7. Xavfsizlik
- 8. Sizning huquqlaringiz
- 9. Akkauntni o‘chirish
- 10. Bolalar
- 11. O‘zgarishlar
- 12. Aloqa
1Operator
Shaxsiy ma’lumotlaringiz operatori — Luxuy xizmati (keyingi o‘rinlarda «biz»). Sayt: luxuy.uz. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga (O‘RQ-547) muvofiq qayta ishlanadi.
2Qaysi ma’lumotlar yig‘iladi
| Ma’lumot | Qachon | Nima uchun |
|---|---|---|
| Telefon raqami | Ilovaga kirishda | SMS orqali tasdiqlash kodi yuborish va akkauntni aniqlash |
| Ism va familiya | Profilni to‘ldirishda yoki buyurtmada | Buyurtmani rasmiylashtirish va kuryer bilan bog‘lanish |
| Manzil (tuman, ko‘cha, uy, xonadon) | Buyurtma berishda | Buyumlarni olib ketish, yetkazib berish yoki joyida xizmat ko‘rsatish |
| Buyurtma ma’lumotlari | Buyurtma berishda | Xizmat turi, o‘lcham va miqdor, tanlangan sana, izohingiz, tanlangan to‘lov usuli, buyurtma holati tarixi |
| Konsultatsiya so‘rovi | «Konsultatsiya» tugmasi bosilganda | Ism va telefon — operator siz bilan bog‘lanishi uchun |
| Texnik ma’lumotlar | Har bir server so‘rovida | IP-manzil, so‘rov vaqti, ilova versiyasi — xavfsizlik va nosozliklarni aniqlash uchun serverning standart jurnallari |
Biz to‘lov kartasi raqamlarini yig‘maymiz va saqlamaymiz. Ilova joylashuv, kontaktlar, kamera, mikrofon yoki fotogalereyaga kirish so‘ramaydi.
3Nima uchun ishlatiladi
- Ilovaga kirish va akkauntingizni tasdiqlash;
- Buyurtmalarni qabul qilish, bajarish, yetkazib berish va to‘lovni qayd etish;
- Buyurtma holati haqida xabar berish va siz bilan telefon yoki Telegram orqali bog‘lanish;
- Muddat kafolati va chegirmalarni hisoblash;
- Xizmat sifatini oshirish, nosozliklarni aniqlash va suiiste’molning oldini olish;
- Qonun talablarini bajarish.
Ma’lumotlaringiz reklama maqsadida ishlatilmaydi va sotilmaydi. Ilovada reklama, analitika va kuzatuv SDK’lari yo‘q.
4Qurilmada saqlanadigan ma’lumotlar
Ilova qurilmangizda faqat ikkita narsani saqlaydi: kirganingizdan keyin beriladigan sessiya kaliti (har safar kod kiritmaslik uchun) va tanishtiruv ekranlari ko‘rilgani haqidagi belgi. Ilovadan chiqqaningizda yoki uni o‘chirganingizda sessiya kaliti o‘chiriladi.
5Uchinchi tomonlar
Ma’lumotlar faqat xizmatni bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmda quyidagilarga beriladi:
- SMS provayderi — tasdiqlash kodini yuborish uchun telefon raqamingiz;
- To‘lov tizimlari (Click, Payme va shunga o‘xshash, ulanganda) — to‘lov summasi va buyurtma raqami. Karta ma’lumotlari to‘lov tizimining o‘zida kiritiladi va bizga kelmaydi;
- Xodimlarimiz va kuryerlar — buyurtmani bajarish uchun ism, telefon, manzil va buyurtma tafsilotlari;
- Davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda.
Yangiliklar bo‘limidagi rasm va videolar bizning serverimizdan yuklanadi. Ilovadagi Telegram va telefon havolalari tegishli ilovani ochadi; u yerdagi ma’lumotlar o‘sha xizmatlarning siyosati bilan tartibga solinadi.
6Saqlash muddati
Akkaunt ma’lumotlari akkaunt faol bo‘lgan davrda saqlanadi. Buyurtma va to‘lov yozuvlari buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qilgan muddat davomida (odatda 5 yil) saqlanadi. Server jurnallari 90 kundan oshmagan muddatda saqlanadi.
7Xavfsizlik
Ilova va server o‘rtasidagi barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi. Ma’lumotlarga faqat vazifasi shuni talab qiladigan xodimlar kira oladi. Kirish tasdiqlash kodi bilan amalga oshiriladi, parol saqlanmaydi.
8Sizning huquqlaringiz
- O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar bilan tanishish va ularning nusxasini olish;
- Noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatish (ism, familiya va manzilni ilovaning «Profil» bo‘limida o‘zingiz o‘zgartirishingiz mumkin);
- Ma’lumotlarni o‘chirishni talab qilish;
- Qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish;
- Vakolatli davlat organiga shikoyat qilish.
So‘rovlar 12-bo‘limdagi manzillar orqali qabul qilinadi va 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
9Akkauntni o‘chirish
Akkauntni ilovaning o‘zida o‘chirishingiz mumkin: Profil → Akkauntni o‘chirish. Shundan so‘ng telefon raqamingiz, ism, familiya va manzil 30 kun ichida serverdan o‘chiriladi. Faol buyurtma bo‘lsa, u yakunlangach o‘chirish amalga oshiriladi. Qonun talab qiladigan buyurtma va to‘lov yozuvlari shaxsni aniqlab bo‘lmaydigan holda saqlanadi.
10Bolalar
Xizmat 18 yoshga to‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Biz 16 yoshga to‘lmagan bolalardan ataylab ma’lumot yig‘maymiz. Agar bunday holat aniqlansa, ma’lumotlar o‘chiriladi.
11O‘zgarishlar
Siyosat yangilanganda ushbu sahifadagi sana o‘zgartiriladi. Muhim o‘zgarishlar haqida ilova orqali xabar beramiz. Ilovadan foydalanishni davom ettirish yangilangan siyosatga rozilik hisoblanadi.
12Aloqa
Maxfiylik bo‘yicha savollar va so‘rovlar uchun: